00:23 / 08.07.2020
1 928

Turkiya «Oskar»i — «Oltin kapalak» mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto)

Turkiya «Oskar»i — «Oltin kapalak» mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto)
Turkiyada turk «Oskar»i, ya’ni «Oltin kapalak» mukofoti onlayn tarzda o‘z egalariga topshirildi. Quyida ushbu nufuzli mukofotga kimlar loyiq ko‘rilgani haqida ma’lumot beramiz.

Eng yaxshi internet seriali — «Shaxsiyat»

Foto: «Yandeks Dzen»
Turk shou-biznesining eng mashhur mukofotlaridan biri bo‘​lgan «Oltin kapalak» taqdirlash marosimi natijalariga ko‘ra, «Shaxsiyat» seriali eng yaxshi internet serial deb topilgan. Serial 2008 yilda rejissyor O‘nur Saynak tomonidan suratga olingan.

Eng yaxshi aktyor — Taner Olmez

Foto: Habernett
«Kosem​»​ serialidagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 33 yoshli aktyor «Mo‘’jizaviy shifokor» serialidagi qoyilmaqom ijrosidan keyin ushbu nominatsiyasiga loyiq deb topilgan.

Eng yaxshi aktrisa — Ebru Shahin

Foto: Takvim
O‘zbek teletomoshabinlari Ebru Shahinni «Istanbullik kelin» serialidagi ijrosidan yaxshi taniydi, lekin aktrisa «Beqaror» serialidagi oddiy qishloq qizi rolini qoyilmaqom gavdalantirgani sabab ayol aktrisalar ichida eng yaxshisi deb topilgan.

Eng yaxshi serial juftligi — Furkan Andich va Aybuke Pusat

Foto: Takvim
«Har yerda sen» serialida sevishganlar rolini ijro qilgan Furkan Andich va Aybuke Pusat taqdirlash marosimining eng yaxshi serial juftligi nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan.

Eng yaxshi romantik komik aktyor — Chaglar Ertugrul

Foto: Kanal D
«Fazilatxonim qizlari» serialida zamonaviy Darsi rolini mahorat bilan gavdalantirgan Chaglar mukofotning romantik komik aktyori nominatsiyasida eng yaxshi deb topilgani, bejiz emas. Aktyor nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki turli janrlardagi rollari bilan muxlislarni o‘ziga jalb qilish xususiyatiga ega.

Eng yaxshi romantik komik aktrisa — Burju Ozberk

Foto: Takvim
Arsenalida «Muhtasham yuz yil», «Xo‘jako‘rsinga sevgi» filmlari bo‘lgan 30 yoshlik Burju eng yaxshi romantik komik aktrisa deb topilgan.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)