23:00 / 03.11.2020
8 838

Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)

Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Ulug‘bek Yunusov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aktyor Ulug‘bek Yunusov hamkasbi va do‘sti Ulug‘bek Qodirovning AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi.

- "Ulug‘bek Qodirov menga telefon qilib ‘do‘stim, Amerikaga ketyapman’, dedi. Ungacha AQSHga bir necha marotaba borib kelgani uchun uning bu gapi oddiy tuyulib, ‘qachon kelasan’, dedim. ‘Men uzoqroq vaqtga ketyapman o‘rtoq’, dedi. Xayrlashdik.

U aktyorning ketib qolishi, reytingda birinchi o‘rinda turadigan aktyorimizning nimagadir qoniqmasdan ketib qolishi, bu siz bilan bizga uyat. Bu juda katta uyat. Undan avval xuddi shunaqa darajada, reytingda bo‘lgan vaqtlarida Behzod Muhammadkarimov AQSHga ketib qolgan edilar. Ular meni aktyorlik yo‘nalishi bo‘yicha ustozim hisoblanadilar. Ularni nimaga ketganlarini ikir-chikirigacha bilaman.

Kinoda yuzi bor odam uchun bu juda qiyin. Nima uchun ketishga majbur bo‘lganini aniq bilmayman. Ammo nimagadir ketishga majbur bo‘lgani aniq.

Qanaqadir funksionerlarimizning katta xatosi, ochko‘zligi balki shu narsaga olib kelgandir. Qaysi davlatning eng kuchli aktyori shunaqa ishda hozir? Misol uchun, Rossiyada Sergey Bezrukov AQSHga ketsa, nima bo‘ladi, nima deb o‘ylaysiz?!", - deydi Ulug‘bek Yunusov.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Yunusov «Fotima va Zuhra», «Sarvinoz», «Begonalar», «Muqaddas burch», «Jasur» filmlari hamda «Sardor 1, 2, 3», «Qaytar dunyo» seriallarida bosh rollarni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)