23:39 / 12.04.2021
3 021

Xush kelibsan, Ramazon...

Xush kelibsan, Ramazon...
Shu’lalansin ko‘nglimiz bu kun,
Avjlansin misli toshqin sel.
Diydoringga yuragim maftun,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Ezgulikni dillarda elab,
Yod tuyg‘uni uchirsin nur – yel.
Qalbni iymon nuriga belab,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim kel.

Ko‘ksimizni sog‘inch zabt etgan,
Sog‘inchlarga burkangandir el.
Hamma intiq – zoriqib ketgan,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Nursiz tunlar tongga aylansin,
Har tongimiz bongga aylansin,
Hayot xushta’m onga aylansin,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Sen taratib sabr iforin,
Hadya etib mo‘minning borin,
Va yog‘dirib savoblar qorin,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Qalbni bezar – mo‘’jizaviy oy,
Har tashrifing – mo‘’jizaga boy,
Sen bag‘ishlab islomiy chiroy,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Teranlashib dil – nigohimiz,
Haqqa yetsin duo – ohimiz,
Va aritib bor gunohimiz,
Dil yoritar – nur – azonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Har chog‘ kutgan – Ramazonim kel,
Dur – azonim – Ramazonim, kel,
Qalbda tutgan – Ramazonim, kel,
Nur – azonim – Ramazonim, kel,
Mushtoq kutgan – Ramazonim, kel.

Manba: sherlaruz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xush kelibsan, Ramazon...