15:20 / 25.08.2021
2 647

Kane Uest ismini o‘zgartiradi

Kane Uest ismini o‘zgartiradi
Foto: «Global Look Press»
Amerikalik taniqli reper Kane Uest o‘z ismini sahnaviy taxallusga almashtirishga hujjat topshirdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Reper hamma uni bundan buyon Ye (Ye) deb chaqirishlarini xohlaydi.

Los-Anjeles sudiga topshirilgan hujjatda 44 yoshli rep-xonanda Kane Omari Uest (Kanye Omari West) nomini Yega o‘zgartirishni so‘ragan. Xonanda ushbu tanlovini «shaxsiy sabablar» bilan izohlagan.

Kaliforniya shtati qonunlariga ko‘ra, ushbu g‘oya hayotga ko‘chishi uchun sudya da’vogarning arizasi tagiga imzo qo‘yishi kerak. Ayrim holatlarda yangi ism bir nechta gazetalarda e’lon qilinishi talabi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kane Uest ismini o‘zgartiradi