date
views 1 355

22 may kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

22 may kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi
Gidrometeorologiya xizmati markazi yakshanba kuni qanday ob-havo kutilayotgani toʻgʻrisida ma'lumot berdi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 may kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi