13:30 / 26.06.2022
1 720

Konstitutsiyaning qaysi o‘rinlari bo‘yicha eng ko‘p takliflar bo‘layotgani ochiqlandi

Konstitutsiyaning qaysi o‘rinlari bo‘yicha eng ko‘p takliflar bo‘layotgani ochiqlandi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga start berildi.

Jamoatchilik va blogerlarda shu choqqacha kelib tushgan takliflarning mazmuniga alohida qiziqish mavjudligidan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ayrim e’tiborga molik statistik jihatlarga to‘xtaldi.

Konstitutsiya bo‘limlari bo‘yicha
Komissiyaga kelib tushgan jami takliflarni tahlil qilganda, eng ko‘p o‘zgartirish taklif qilingan bo‘limlar ikkinchi, uchinchi va beshinchi bo‘limlardir. Birgina beshinchi bo‘limga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha jami 6 ming 302 ta taklif kelib tushgan. E’tibor bering, «Konstitutsiya va qonunning ustunligi» deb nomlangan uchinchim bo‘limga 5 ming 717 ta taklif kelib tushgan. Demak, fuqarolarimiz qonun mamlakatimizda yanada ustivor bo‘lishi va bunda Asosiy qonunda zarur kafolatlar ko‘proq berilishini istaydi.

Konstitutsiya boblari bo‘yicha
Qomusimizning yettinchi, o‘ninchi, yigirma birinchi boblarini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha juda ko‘p takliflar kelib tushgan (umumiy hisobda 6 ming 107 ta). Masalan, «Shaxsiy huquq va erkinliklar» deb nomlangan VII bobga doir 2 ming 312 ta taklif kelib tushgani, sal chuqurroq tafakkur qilinsa, fuqarolarning huquqiy madaniyati, davlatni isloh qilishdagi ishtiroki yuksalib borayotganini ko‘rsatadi.

Konstitutsiya moddalari bo‘yicha
Moddalar bo‘yicha qaralsa, 90-moddaga 4 ming 17 ta, 24-moddaga 1 ming 830 ta, 41-moddaga 1 ming 658 ta taklif kelib tushganini ko‘rish mumkin. Bu moddalarning mazmuniga e’tibor qaratib, so‘ngra fikr yuritadigan bo‘lsak, ayon bo‘ladiki, O‘zbekiston fuqarolari Asosiy qonunning barcha jihatlariga faol fuqarolik pozitsiyalarini bildirishmoqda. Masalan, Konstitutsiyaning 90-moddasiga kelib tushgan takliflarning 3 ming 29 tasi prezidentning saylanish muddatini 7 yoki undan ko‘p muddatga o‘zgartirish bilan bog‘liq. Shuningdek, Konstitutsiyaning 41-moddasiga kelib tushgan 1 ming 658 ta takliflarning aksariyati «o‘qituvchi va pedagoglarning yuksak maqomini belgilash, uning ishlariga aralashuv cheklanishi»ga doir normani kiritishga oiddir.

Muxtasar aytganda, bugungacha xalq tomonidan bildirilgan takliflarning statistikasi mana shunday. Albatta, bugundan e’tiboran so‘zlash, muhokama qilish kampaniyasiga start berildi. Hamma o‘z fikrini bildirishi lozim deb o‘ylayman.

Unutmang, Sizning fikrlaringiz mazmuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitalari o‘rganib chiqadi, asosli deb topilsa, qabul qilinadi yoki tegishli tartibda javob qaytariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Konstitutsiyaning qaysi o‘rinlari bo‘yicha eng ko‘p takliflar bo‘layotgani ochiqlandi