O‘zbekistonda har 34 soniyada bir chaqaloq tug‘iladi

1 daqiqa o'qish648
O‘zbekistonda har 34 soniyada bir chaqaloq tug‘iladi

O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanmoqda — har daqiqada ikki nafar chaqaloq dunyoga kelmoqda, deb xabar berdi oila-gen.uz.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida mamlakat bo‘ylab 926,4 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ilgan. Bu raqamlar statistikadan tashqari, aholining o‘sish sur’ati, oilalar soni va yosh avlod ulushining ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Tahlillarga qaraganda, har kuni o‘rtacha 2531 nafar yangi tug‘ilgan bola dunyoga keladi. Bu esa har soatda 105 nafar, har daqiqada ikki nafar va taxminan har 34 soniyada bir chaqaloq tug‘iladi, degani.

Qiyos uchun: Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich har daqiqada 0,6 nafarni, Tojikistonda 0,5 nafarni, Qirg‘izistonda 0,3 nafarni tashkil etadi. Turkiyada har daqiqada 3 nafar, Germaniya va Fransiyada 1,4 nafardan, Xitoyda 17, Hindistonda esa 43 chaqaloq dunyoga kelmoqda.

Institut mutaxassislari ta’kidlashicha, bu raqamlar shunchaki statistika emas. Ular mamlakatda oila instituti mustahkamlanayotganini, yoshlar ulushi yuqori ekanini va demografik o‘sishning faol bosqichi davom etayotganini anglatadi.

Shu bilan birga, mutaxassislar demografik o‘sish mehnat bozori, ta’lim tizimi va ijtimoiy infratuzilmalarga bo‘lgan talabni ham ortishiga sabab bo‘lishini qayd etmoqda. Ya’ni, bugungi chaqaloqlar — ertangi kunning yosh kadrlari, ustozlari va mutaxassislari.

Demograflar fikricha, O‘zbekiston hozir “demografik dividend” davrini boshdan kechirmoqda — ya’ni ish qobiliyati yuqori bo‘lgan yosh aholi ulushi ko‘payib, iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotgan bosqichda turibdi.

Mutaxassislar ta’kidlamoqda: oilalar sonining ko‘payishi nafaqat statistik o‘sish, balki ijtimoiy barqarorlik va millatning kelajak salohiyatini ham belgilaydi. Chunki har bir chaqaloq — bu yangi hayot, yangi umid va mamlakatning ertasiga qo‘shilayotgan qimmatli hissadir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?