Oliy sud axborotiga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz oy mobaynida yurtimizdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 1,1 milliondan ziyod sud hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular orasida 50 mingdan ziyod turmush o‘rtoq nikohni bekor qilish maqsadida sudga murojaat qilgan.
Joriy yilning dastlabki 9 oyi mobaynida 8,2 trillion so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha 1 135 823 ta sud buyrug‘i chiqarilgan. Bu to‘lovlar orasida bolalar uchun aliment, ish haqi, kommunal xizmatlar qarzlari va boshqa qarz majburiyatlari mavjud.
Bu davrda jami 472 932 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shularning:
- 365 164 tasida talablar qanoatlantirilgan;
- 56 804 tasida rad javobi berilgan;
- 45 682 tasi esa ko‘rmasdan qoldirilgan;
- 5 282 ta ish bo‘yicha ish yuritish yakunlangan.
Ajrimlar bo‘yicha 52 507 ta ish ko‘rib chiqilgan va tahlillarga ko‘ra:
- 27 578 ta ishda nikoh rasman bekor qilingan;
- 18 430 ta holatda esa ajrim rad etilgan;
- 4 658 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan;
- 1 841 ta ish yuritishdan to‘xtatilgan.
- 2 375 ta tiklash bilan bog‘liq fuqarolik ishlaridan 1 053 tasi qanoatlantirilgan, 911 tasi rad etilgan.
Apellyatsiya tartibida 9 672 ta ish, kassatsiya tartibida 6 357 ta, taftish tartibida 4 267 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi sudlar chiqargan yuzlab qarorlar yuqori instansiyalar tomonidan bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan.
Bu holat oilaviy munosabatlar murakkablashib borayotganini, ijtimoiy, iqtisodiy omillar aholining huquqiy faolligiga ta’sir qilayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!