18:49 / 04.07.2022
1 371

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston bo‘yicha 4—8 iyulga ob-havo prognozi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 4 iyul, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechqurun Toshkent viloyati bo‘yicha momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Kunning o‘rtasiga kelib harorat 35-37 darajaga yetadi. Respublika shimolida Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi va harorat 26-31 darajagacha pasayadi.

Seshanba kuni havo massasining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

4—5 iyul kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

6 iyuldan 8 iyulgacha O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 6-7 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja atrofida, janubda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?