date

“O‘zbeksirk” binosi zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanadi

“O‘zbeksirk” binosi zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanadi

Madaniyat vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zbeksirk” binosini rekonstruksiya qilish masalasi muhokama qilindi. Unda muassasaning faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha qator takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida sirk xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasi ham muhokama qilingan. Shuningdek, hayvonlar uchun qo‘shimcha saqlash xonalarini barpo etish va muassasani zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha rejalar ilgari surildi.

Mutasaddilar sirk infratuzilmasini yaxshilash orqali tomoshabinlar uchun yanada qulay sharoit yaratish muhimligini ta’kidlagan. Bu esa madaniy muassasaning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Yig‘ilish yakunida maxsus ishchi guruh tashkil etilib, belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbeksirk” binosi zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanadi