
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19—23 sentabrga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dushanba kuni va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 29-34 daraja atrofida bo‘ladi. Bu sentabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21 sentabr, chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar