
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha sovuq antitsiklon periferiyasining ta’siri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.
Respublika hududi bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi notekis bo‘ladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqgacha bo‘ladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi Harorat kechalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqgacha, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqgacha bo‘ladi.
Ob-havoDam olishGidrometeorologiya xizmatiO‘zbekiston hududiHaroratTuman O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing