date

Toshkentdagi Brodvey hududi zamonaviy qiyofada qayta quriladi

Toshkentdagi Brodvey hududi zamonaviy qiyofada qayta quriladi

Toshkent shahrining eng mashhur maskanlaridan biri — Sayilgoh ko‘chasi (“Brodvey”) hududi kompleks tarzda yangilanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyihaga ko‘ra, piyodalar yo‘laklari, o‘tish joylari, yoritish tizimi va sug‘orish infratuzilmasi zamonaviy talablarga mos ravishda qayta quriladi. Shuningdek, xavfsizlik choralari kuchaytirilib, videokuzatuv tizimlari o‘rnatiladi.

Hududda peshlavha va reklama yozuvlari yagona dizayn asosida tartibga solinadi, noqonuniy o‘rnatilgan konstruksiyalar olib tashlanadi. Savdo faoliyati ham belgilangan me’yorlarga moslashtiriladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, rekonstruksiya jarayonida hududning o‘ziga xos ijodiy muhiti saqlab qolinadi. Rassomlar, musiqachilar va boshqa ijodkorlar faoliyatini davom ettirishi uchun sharoit yaratiladi.

Bundan tashqari, mavjud daraxtlar mutaxassislar nazoratida ko‘rikdan o‘tkazilib, qo‘shimcha ravishda kamida 1000 tup daraxt va manzarali o‘simliklar ekilishi rejalashtirilgan.

“Brodvey” uzoq yillardan beri poytaxt aholisi va mehmonlari uchun madaniy va sayilgoh maskani sifatida mashhur bo‘lib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi Brodvey hududi zamonaviy qiyofada qayta quriladi