2023 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.
Advokatlarga «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Prezident qaroriga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab: Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, advokatlik tuzilmasi tomonidan ishonch bildiruvchi shaxs bilan tuzilgan barcha shartnomalarning faqat rekvizitlari (shartnoma raqami va uning tuzilgan sanasi) to‘g‘ridan to‘g‘ri «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi va bu QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni olish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi» orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.
NNTlar tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shakli o‘zgaradi
Adliya vazirining buyrug‘iga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklining yangi tahriri kuchga kiradi.
Qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat etiladi
Prezident qaroriga asosan:
- rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga — zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabi bekor qilinadi
Prezident qaroriga asosan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pulli xizmatlar bundan mustasno.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar a’zo sifatida ro‘yxatga qo‘yish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi