Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 37 tadan 81 taga o‘sdi, shu jumladan xorijiy mamlakatlar nufuzli oliy o‘quv yurtlarining bir qator filiallari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investisiyalar miqdori bo‘yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘pdir.
Birgina shu yilning o‘zida Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi zarur infratuzilmani yanada rivojlantirish maqsadlari uchun 355,6 milliard so‘m mablag‘ ajratgan bo‘lib, ular hisobidan 14 ta oliy o‘quv yurtining kapital ta’mirlanishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, 22 065 o‘quvchi o‘ringa ega bo‘lgan 30 ta o‘quv binolari, 3 560 o‘ringa ega bo‘lgan 12 ta talabalar turar joylari, 5 ta sport inshootlari, 3 ta talabalar oshxonasi, 2 ta Axborot resurs markazlari, 1 ta madaniyat saroyini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. O‘tgan to‘qqiz oy ichida ushbu oliy ta’lim muassasalari ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun 201,3 milliard so‘m yo‘naltirildi, deb yozmoqda Uz24.uz nashri.
Mamlakat oliy o‘quv yurtlarida ta’lim,fan va ishlab chiqarishni birlashtirish jarayoni rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovasion faoliyat bilan, shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko‘ra shug‘ullanmoqda. Etakchi oliy o‘quvyurtlarida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida hozirgi vaqtda fan, texnika vatexnologiyalarning eng istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriya majmualari yaratilmoqda.
O‘tgan yili oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy o‘quv yurtida Janubiy Koreya, Italiya, Avstriya, Yaponiya, AQSh, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlardan 15 xorijiy mutaxassis ushbu markazlar direktor o‘rinbosari sifatida jalb etilgan holda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Hozirgi paytda mazkur kurslarda oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari malaka oshirib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi