07:42 / 24.11.2016
7 428

Yoshlar orasida soxtalik, poraxo‘rlik: virtual qabulxonaga yana bir jiddiy muammo

Yoshlar orasida soxtalik, poraxo‘rlik: virtual qabulxonaga yana bir jiddiy muammo

Feysbuk tarmog‘i foydalanuvchisi Alisher Nazar jiddiy muammo haqida so‘z ochdi. Alisher Nazarning quyida ko‘targan mavzusi ijtimoiy tarmoqda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unga siz ham fikr bildiring.

«Agar meni to‘g‘ri tushunsalar «Vertual qabulxona»bop bir muammo bor. Shuni yozsammi deymanu, lekin to‘g‘ri tushunmasligidan qo‘rqaman. Chunki «vatanparvar»larimiz ko‘p. Yoshlarga berilayotgan e’tiborni ko‘rolmayotganlikda ayblab qolishidan hadiksirayman. Gap, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti haqida. Menimcha, ana shu nufuzli mukofotning Nizomini o‘zgartirish kerak. Nima uchun?
Birinchidan, 15-16 yoshli o‘smir qizaloqqa Davlat mukofoti berish mantiqan to‘g‘ri emas. Hali hayotning achchiq-chuchugini totmagan, el-yurtga foydasi tegmagan, o‘z sohasida nimanidir YaRATIB qo‘ymagan o‘smirga bu mehribonchilik «og‘irlik» qiladi.
Ikkinchidan, mukofot noto‘g‘ri taqsimlanmoqda. Rahmatli Zulfiya umrida badiiy gimnastika, kurash yoki sakrash bilan shug‘ullanmagan. Lekin ayni sport chempionlariga Zulfiya mukofoti berilmoqda. Bu mantiqan to‘g‘ri emas. Agar chempion qizlarni rag‘batlantirish kerak bo‘lsa, To‘maris mukofotini ta’sis etish kerak.
Uchinchidan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti faqat qizlarga xoslanishi to‘g‘ri emas. Boringki, faqat qizlarga xoslanganda ham umumiy AYoL IJODKORLARga berilishi lozim. Chunki shu paytgacha yuzlab o‘smir qizlar ushbu mukofotga sohiba bo‘ldilar. Lekin bugun ular qani? Nega muhtasham adabiyotimiz sahnasida ijodni qoyil qilib qo‘ygan birorta Zulfiyachi ko‘rinmaydi? Ko‘rinayotganlarining ham soxta, robotga o‘xshab «vatanparvar»lik qilishi kishining ensasini qotiradi. Saviyasi baland ijodkor o‘zini bunaqa tutmaydi.
To‘rtinchidan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nizomining «oliy o‘quv yurtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi», degan joyini o‘chirib tashlash kerak. Ana shunda bir qadar adolat qaror topgan bo‘ladi.
Xulosa, o‘zimizni aldashni bas qilaylik. O‘zimiz o‘tirgan shoxni arralashni to‘xtataylik. Endigina hayotga qadam qo‘yayotgan bolalarimizning birinchi qadami soxtalikka, poraxo‘rlikka, adolatsizlikka borib tushmasin! Ana shunda shoira Zulfiyaning ham ruhi shod bo‘ladi.»

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yoshlar orasida soxtalik, poraxo‘rlik: virtual qabulxonaga yana bir jiddiy muammo