date

Bellingem "El-Klasiko" qahramoni, Yamal eng past bahoga loyiq ko‘rildi

Bellingem "El-Klasiko" qahramoni, Yamal eng past bahoga loyiq ko‘rildi

La Liga 10-tur doirasidagi asosiy to‘qnashuv — «El-Klasiko» yakunlandi. Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Real» o‘z maydonida «Barselona»ni 2:1 hisobida yengib, navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng Ispaniyaning Marca nashri an’anaviy reytingini e’lon qildi, unda futbolchilarning o‘yindagi faoliyati batafsil baholandi.

Eng yuqori bahoga «Real»ning markaziy yarimhimoyachisi Jud Bellingem sazovor bo‘ldi — u 9 ball bilan o‘yin qahramoni deb topildi. Angliyalik futbolchi nafaqat o‘yinni nazorat qildi, balki jamoasi g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Uning harakatlaridagi ishonch va texnik aniqlik “qirollik klubi”ning ustunligini ta’minladi.

Bellingemdan keyingi yuqori ko‘rsatkichni Kilian Mbappe, Voysex Shchesni va Eder Militao qayd etdi — ularning har biri 8 ball oldi. Mbappe hujumda doimiy xavf tug‘dirdi, Militao esa himoyada jamoani ishonchli qo‘llab turdi.

Shu bilan birga, “Barselona” safida vaziyat butunlay boshqacha bo‘ldi. Kataloniyaliklar safida eng past bahoga yosh vinger Lamin Yamal tushdi — atigi 4 ball. Bu "El-Klasiko" doirasidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Yosh iqtidor hujumda faol bo‘lishga uringan bo‘lsa-da, raqibning qattiq pressingi ostida o‘zini ko‘rsata olmadi.

Quyida Marca tomonidan belgilangan baholar keltirilgan:

«Barselona»:

Shchesni – 8, Kunde – 4.5, Erik Garsiya – 4.5, Kubarsi – 4.5, Balde – 4.5, De Yong – 5, Pedri – 6, Yamal – 4, Fermin Lopes – 6, Reshford – 6, Torres – 4.5.

«Real Madrid»:

Kurtua – 7.5, Valverde – 6, Militao – 8, Heysen – 7.5, Karreras – 6, Chuameni – 7.5, Kamavinga – 7, Guler – 5, Bellingem – 9, Vinisius – 7.5, Mbappe – 8.

Markaziy o‘yindagi natijadan so‘ng “Real” 27 ochko bilan La Ligada peshqadamlikni mustahkamladi. “Barselona” esa 22 ochko bilan orqada qoldi va chempionlik uchun kurashda jiddiy bosimni his eta boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bellingem "El-Klasiko" qahramoni, Yamal eng past bahoga loyiq ko‘rildi