date

Gvardiola “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Gvardiola “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

APLning 9-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” safarda “Aston Villa”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa harakatlarini tahlil qildi va maglubiyat sabablarini ochiq aytib o‘tdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa o‘yin bo‘yicha yomon ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ammo hal qiluvchi pallada aniqlik yetishmagan.

“Bugun biz yomon o‘ynamadik. Balki natija shunday bo‘lgani uchun shunday tuyular, ammo o‘yin sifatida jamoam juda kuchli ko‘rinishda bo‘ldi. Biroq hujumlarni yakunlashdagi so‘nggi qarorlarimizda aniqlik bo‘lmadi — zarba, pas yoki oxirgi uzatmalarda xatolar ko‘p bo‘ldi”, — dedi Gvardiola.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Siti” dastlabki 15–20 daqiqa davomida to‘liq ustunlik qilgan, ammo keyin “Aston Villa” faol harakat qilib, o‘yin ritmini o‘z qo‘liga olgan.

“Dastlabki daqiqalarda biz raqibni bosim ostida ushlab turdik, ammo keyin ular oldingi chiziqda juda agressiv o‘ynashdi. Yakkama-yakka kurashlarda ham bizdan ustun bo‘lishdi. To‘p uchun kurashlarda qat’iylik kam bo‘ldi. Shu jihatni tan olish kerak”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Gvardiolaning ta’kidlashicha, “Aston Villa” standart vaziyatlardan xavfli foydalangan, ammo shogirdlarining ikkinchi bo‘limdagi harakatlaridan mamnunligini yashirmadi.

“Ikkinchi bo‘limda jamoam yaxshi harakat qildi, o‘yinni nazoratga oldik. Lekin bir narsa yetishmadi — gol. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, faqat aniq zarba bilan yakunlay olmadik. Shunday o‘yinlarda bitta gol ham katta ahamiyatga ega”, — dedi u.

Mag‘lubiyatga qaramasdan, murabbiy shogirdlariga ishonayotganini va ularning harakatlaridan faxrlanishini ta’kidladi. “Bizda kuchli jamoa bor. Birgina kamchilik — so‘nggi pallada xiralik bo‘ldi, shunday bo‘lsa-da, jamoamdan mamnunman”, — deya yakunladi Gvardiola.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi