date

Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 8 avgust kuni poytaxtning ikki tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.

Yangihayot tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha “Binokor” mahallasida gaz bo‘lmaydi. Bu hududda 78 ta yakka tartibda qurilgan uylar va 5 ta ulgurji iste’molchi mavjud.

Sergeli tumanida esa soat 11:00 dan 16:00 gacha “Eshonbuloq” mahallasida gaz ta’minoti to‘xtaydi. Bu yerda 580 ta yakka tartibdagi uy, 2 ta ikki qavatli uy va 18 ta ulgurji iste’molchi mavjud. Ta’mirlash ishlari tugagach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi