date

O‘zbekiston TV reklama bozorining statistikasi e'lon qilindi

O‘zbekiston TV reklama bozorining statistikasi e'lon qilindi

International Media Service (IMS) tomonidan 2025-yil avgust oyi uchun tayyorlangan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston televideniyesi reklama bozorida yetakchi brendlar va yo‘nalishlar aniqlandi. Hisobot Kantar Media ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, asosiy o‘lchov — WGRP (Weighted Gross Rating Point), ya’ni 18–54 yoshli auditoriya orasidagi reklama qamrovini ifodalaydi.

Eng faol kategoriyalar:
• Alkogolsiz ichimliklar — 41% ulush bilan birinchi o‘rinda (yetakchi brend: Coca-Cola).
• Farmatsevtika — 11% ulush bilan TOP-3’likka qaytdi.
• Bank sektori — eng tez o‘sayotgan yo‘nalish, o‘tgan yilga nisbatan WGRP ikki baravar oshgan.

Eng faol TV brendlar:
• Coca-Cola — 9.1%
• Pepsi — 7.4%
• Ava Lemonade — 5.1%
• Wildberries — 4.1%
• Piala Gold — 3.4%
• Shuningdek, Lipton, Anorbank, Asu, Mirinda va NBU ham ro‘yxatda.

Eng yirik reklama beruvchilar:
• IBT — 15.9%
• Coca-Cola — 12.6%
• RG Brands South — 6.9%
• Wildberries — 4.4%
• Anorbank — 3.8%
• Keyingi o‘rinlarda: NBU, Colgate-Palmolive, L’Oréal, Polpharma, Unilever va boshqalar.

Eng katta o‘sish (2024-yilga nisbatan):
• NBU — 4 baravar o‘sish
• RG Brands — 2,5 baravar
• Anglesey Food va Polpharma — +80%
• Coca-Cola — +55%
• Mondelez va Colgate-Palmolive — +34–37%
• Salar Meat va Yuriya Farm — +15–19%

Xulosa:
Coca-Cola yana TV reklama bozorida yetakchilikni saqlab turibdi. Pepsi ikkinchi o‘rinda. Bank sektori va farmatsevtika sohalari faol o‘sish bosqichida. Wildberries va Anorbank esa tez rivojlanayotgan yangi brendlar sifatida ajralib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston TV reklama bozorining statistikasi e'lon qilindi