date

Yulduz Usmonova va Malikning “Pomada” nomli taronasi trendga aylandi

Yulduz Usmonova va Malikning “Pomada” nomli taronasi trendga aylandi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonanda Malik bilan birga kuylagan “Pomada” nomli yangi qo‘shiqni premyera qildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiq taqdimotidan videolavha ham joylandi.

Qayd etilishicha, Yulduz Usmonova avval ham Malik bilan hamkorlikda bir qator ijodiy ishlarni yaratgan. Ular turli tillarda ijro etilgan qo‘shiqlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan.

Jumladan, “O‘zbekcha gapir”, “Ku-ku”, “Da kujo shumo” kabi qo‘shiqlar ushbu ijodiy tandemning eng tanilgan ishlari sirasiga kiradi. Yangi “Pomada” dueti ham tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova va Malikning “Pomada” nomli taronasi trendga aylandi