O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni oshadi

Kelgusi 5 yil ichida O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 16 taga ortishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu maqsad 2026 yil 16 fevralda tasdiqlangan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab qo‘yilgan.
Rejaga ko‘ra:
• Hozir — 34 ta davlat
• 2026 yil — 36 ta
• 2027 yil — 38 ta
• 2028 yil — 42 ta
• 2029 yil — 46 ta
• 2030 yilgacha — 50 taga yetkaziladi
Ayni paytda 42 ta davlatga soddalashtirilgan viza tartibi amal qiladi. 2030 yilga qadar bu ko‘rsatkich 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, konsullik xizmatlari uchun mobil platforma ishlab chiqilib, foydalanuvchilar soni 60 mingtagacha ko‘payishi nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda Xitoy va Iordaniyaga vizasiz rejim joriy etilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing