date

27 fevral kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

27 fevral kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

“O‘zgidromet” 27 fevral, juma kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3–5°, kunduzi 12–14° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushadi. Kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiyda havo o‘zgaruvchan, shamol ayrim joylarda kuchayadi. Kechasi 1–6° iliq, kunduzi 9–14° iliq. Navoiyning cho‘l hududlarida kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 3–8° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqandda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 1–6°, kunduzi 10–15° iliq bo‘lishi kuzatiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda kunduzi 15–20° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2–7°, kunduzi 10–15° iliq.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yoki qor bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi va sel-suv toshqini xavfi bor. Kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 27 fevral kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?