date

Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, ammo u xotirjam

Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, ammo u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» haligacha mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fonida klubda Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi bo'yicha gap-so'zlar kuchaygan, muxlislarning bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinganda katta tovon puli ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi maosh borasida dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda — faqat Diego Simeonedan keyin. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, ammo u xotirjam