Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini garov mojarosi kutmoqda

Turkiyaning ikki grandi — «Galatasaroy» va «Fenerbahche» safida to'p tepayotgan futbolchilar tikishlar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosi xavfi ostida qolishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaroy» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma'lumotiga ko'ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ehtimoli bor.
Sabah nashri yozishicha, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaroy» o'yinlariga stavka qo'ygan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibdan joy olmagan bo'lsa-da, qaydnomada bo'lgan — bu esa, nazariy jihatdan, natijaga ta'sir ko'rsatish imkonini ham yuzaga keltiradi.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko'ra, futbolchi bukmekerlarga o'zining professional sportchi ekani haqida ma'lumot berishi shart bo'lgan, biroq u buni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!