Interdan ijaradagi Karboni ogir tizzasidan jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda» jamoasiga ijaraga otgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina OAV xabariga kora, 20 yoshli futbolchida tizzaning oldingi xochsimon boglami uzilgani aniqlangan. Uning tiklanishi 6-8 oy davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijara asosida tarkibiga qoshgan, kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha amal qiladi. Mavsumning birinchi qismida u «Jenoa» safida 15 uchrashuv otkazib, 1 gol muallifi bolgandi. Argentinalik iqtidorning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil ortalarigacha moʻljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing