Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi River Pleytdan ketish yo'q

Marcelo Gallardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi Banfildga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu yomon natijalar Gallardoning lavozimini saqlab qolishiga xalaqit berdi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. Murabbiy esa o'yindan keyingi lahzalarda hissiyotlarini yashirmadi.
“Hammaning mehriga rahmat. Buni so'z bilan to'liq ifodalash qiyin. Men abadiy ketmayman. River Pleytdan hech kim butunlay ketib qolmaydi. Bu sehrli maskan: ketganingda ham baribir klub bilan qolasan”, — dedi Gallardo ko'z yoshlar bilan.
Eslatib o'tamiz, Gallardo 90-yillarda River Pleyt safida to'p surgan va Argentina terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!