
2025 yilning yanvar-sentabr oylari davomida O'zbekistonga eng ko'p 31 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan turistlar tashrif buyurdi. Ularning soni 4,3 million kishini tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo'mitasi.
Ikkinchi o'rinda 19 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan turistlar joylashdi, ular soni 1,4 millionni tashkil etdi. Shuningdek, 56 yoshdan katta sayyohlar soni 1,7 millionga yetdi, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar esa 1,15 million kishini tashkil etdi.
Jinsiy nisbatga ko'ra, erkaklar soni ko'proq bo'lib, ular 4,64 millionni, ayollar esa 3,92 millionni tashkil etdi. Umuman olganda, 2025 yilning dastlabki to'qqiz oyi davomida respublikaga qariyb 8,6 million nafar xorijiy fuqarolar tashrif buyurdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing