
Statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda har 1000 nafar aholiga 32,1 ta tadbirkorlik subyekti to'g'ri keladi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Xorazm viloyati yetakchilik qilmoqda, bu yerda har 1000 kishiga 43,5 ta tadbirkor to'g'ri keladi.
Ikkinchi o'rinda Toshkent shahri bo'lib, ko'rsatkich 43,4 tani tashkil etadi. Uchinchi o'rinda bo'lgan Sirdaryo viloyatida esa bu raqam 37,7 ga yetadi.
Shuningdek, tadbirkorlik faolligi asosan mamlakatning g'arbiy va markaziy hududlarida kuzatilmoqda. Janubiy viloyatlar esa nisbatan past ko'rsatkichlarni namoyon qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar