date

2026 yilda Toshkent va Xiva o‘rtasida tezyurar poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

2026 yilda Toshkent va Xiva o‘rtasida tezyurar poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

2026 yildan boshlab O'zbekistonda Toshkent — Urganch — Xiva yo'nalishi bo'yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyihani amalga oshirish Buxoro — Xiva temiryo'l uchastkasini elektrlashtirish ishlari yakunlangach mumkin bo'ladi. Shuningdek, kelgusi yil yakuniga qadar Miskin — Nukus liniyasi ham elektrlashtirilib, tezyurar elektro poyezdlarni ishga tushirish ko'zda tutilgan.

Mamlakat 2030 yilga borib yiliga yo'lovchi tashish hajmini 23,5 million kishiga yetkazishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, elektro poyezdlar qatnovi yo'nalishlari sonini 40 tadan 53 tagacha oshirish maqsad qilingan.

2030 yilgacha Andijon, Namangan, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlarida ham tezyurar temiryo'l qatnovini yo'lga qo'yish rejalari bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 2026 yilda Toshkent va Xiva o‘rtasida tezyurar poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi