date

Vadim Abramov 1 mln dollarlik shartnomadan nega voz kechgan edi?

Vadim Abramov 1 mln dollarlik shartnomadan nega voz kechgan edi?

Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda Samarqandning "Dinamo" klubini boshqarayotgan Vadim Abramov Qozogʻistondagi faoliyati bilan bogʻliq muvaffaqiyatsiz tajribasi haqida gapirib berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Mutaxassis bu fikrlarni "Turaevning fintlari" podkastida bildirdi. Uning aytishicha, 2013 yilda u "Astana" klubiga bosh murabbiy bo'lib kelgan, biroq oradan ikki hafta o‘tib klub rahbariyati almashgani sabab hamkorlik yakunlangan.

Abramov taʼkidlashicha, u bir hafta davomida jamoaning ichki holatini o‘rganib chiqqan va muammo juda jiddiy ekanini ko‘rgan: tarkibda o‘z futbolchilari deyarli yo‘q, aksariyat o‘yinchilar ijara asosida edi. Shunga qaramay, unga 1 mln dollarlik shartnoma taklif qilingan.

“Vazifa chempion bo‘lish edi, lekin jamoada futbolchi yo‘q — hammasi ijarada. Bunday shartnomani normal murabbiy imzolamaydi. Keyin ehtimol afsuslangandirman, ammo o‘sha payt: ‘Futbolchilaringiz qani? Men kim bilan o‘ynayman?’ dedim”, — deya Abramovning so‘zlari keltirildi.

Murabbiy o‘sha paytdagi rahbar futbolga unchalik yaqin bo‘lmaganini ham qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, rahbariyat o‘zgarganiga qaramay klubda qolib, shartnomani imzolashi mumkin edi, biroq istiqbolni ko‘rmagach, jamoani tark etishga qaror qilgan.

“Bundan tashqari, Astanada juda sovuq edi, Toshkentga qaytgim keldi”, — deya xulosa qildi mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov 1 mln dollarlik shartnomadan nega voz kechgan edi?