date

Yangi Toshkentda 100 mln dollarlik yerosti avtoturargoh qurilmoqda

Yangi Toshkentda 100 mln dollarlik yerosti avtoturargoh qurilmoqda

Yangi Toshkent hududida qiymati 100 mln dollarga baholanayotgan yerosti avtoturargoh barpo etilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, loyiha birinchi bosqichda 200 ta avtomobil va 30 ta mototsikl uchun mo'ljallanadi. Umumiy maydoni 40 ming kvadrat metr bo'lgan tashabbus davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Shuningdek, yangi tumanda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi uchun modul turdagi bino ham qurib bitkazilgani aytildi.

Tashrif davomida Yangi Toshkentda joriy etilayotgan raqamli yechimlar taqdimot qilindi. Xususan, “Shaffof qurilish” tizimi asosida bir qator platformalar ishga tushirilib, shahar va tumanlarga oid ma'lumotlar yagona raqamli bazaga jamlangan.

Ushbu baza negizida aholi punktlarining 3D modellari yaratilgan, yangilanish zarur bo'lgan zonalar belgilangan va hududlarni tahlil qilish jarayoni soddalashgan. Endilikda bosh rejalarni ishlab chiqish va muhokama qilish, shuningdek qurilishga ruxsatnomalar berish ishlari to'liq raqamli formatda amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi Toshkentda 100 mln dollarlik yerosti avtoturargoh qurilmoqda