date

Yangi Toshkentda energiya tejamkor yopiq turdagi podstansiya barpo etilmoqda

Yangi Toshkentda energiya tejamkor yopiq turdagi podstansiya barpo etilmoqda

Yangi Toshkent hududida Xitoy hamkorlari bilan birgalikda O‘zbekistonda ilk bor yopiq turdagi podstansiya qurilmoqda. U zamonaviy trigeneratsiya texnologiyasi asosida ishlashi rejalashtirilgan bo‘lib, shaharni bir vaqtning o‘zida isitish, sovitish va energiya tejamkorligi bilan ta’minlashi bilan ajralib turadi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Loyiha bilan tanishish jarayonida prezident Shavkat Mirziyoyev yangi obyektning imkoniyatlari haqida ma’lumot oldi. Ta’kidlanishicha, Yangi Toshkentdagi asosiy bino va inshootlar energiya ta’minotida aynan shu podstansiya tizimiga tayanadi.

Dastlabki bosqichda 75 megavatt issiqlik quvvati va 100 megavatt sovitish quvvati ishga tushiriladi, shuningdek 17 megavatt elektr energiyasi generatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi navbatda 100 megavatt quvvatli podstansiya shahar ehtiyojlarining boshlang‘ich talablarini qoplash uchun yetarli ekani qayd etildi.

Yopiq turdagi bunday obyektlar an’anaviy ochiq podstansiyalarga nisbatan bir qator ustunliklarga ega. Ular shahar muhitiga moslashtirib loyihalanadi va me’moriy qiyofaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shovqin darajasi odatdagilarga qaraganda ikki baravar past, egallaydigan maydoni esa uch baravar kichik bo‘lib, bu murakkab muhandislik konsepsiyasiga ega Yangi Toshkent uchun ayniqsa muhim.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Unda Xitoyning Haocheng Industry Group Limited kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi muhim infratuzilma obyektlari va yangi ma’muriy binolarni ko‘zdan kechirgan, shuningdek “Sharq bahori” turar joy majmuasi qurilish maydoniga ham tashrif buyurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi Toshkentda energiya tejamkor yopiq turdagi podstansiya barpo etilmoqda