date

O'zbekistonliklar Qozog'iston bo'ylab safarlarda ehtiyotkor bo'lishga chaqirildi

O'zbekistonliklar Qozog'iston bo'ylab safarlarda ehtiyotkor bo'lishga chaqirildi

Qozog'istonda bo'lib turgan yoki ushbu mamlakat orqali tranzit o'tayotgan O'zbekiston fuqarolariga yo'llarda yanada hushyor bo'lish tavsiya etildi. Toshkent shahar transport boshqarmasi xabariga ko'ra, keskin sovish fonida qor bo'roni va muzlamalar kuchayib, yo'l-transport hodisalari ko'paygan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, eng og'ir avariyalar ko'pincha litsenziyaga ega bo'lmagan va texnik nosoz avtomobillar ishtirokida sodir bo'lmoqda. Shu bois, fuqarolardan noqonuniy taksi xizmatlaridan foydalanmaslik, imkon qadar poyezd yoki samolyotni tanlash so'ralgan.

Shuningdek, faqat rasmiy tashuvchilar xizmatidan foydalanish, yo'lga chiqishdan oldin ob-havo prognozi hamda avtomobil yo'llari holatini tekshirib olish tavsiya qilindi. Favqulodda vaziyatlarda O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasiga +7 172 95-42-52 yoki Migratsiya agentligi vakolatxonasiga +7 771 730-44-00 raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonliklar Qozog'iston bo'ylab safarlarda ehtiyotkor bo'lishga chaqirildi