
Uzenergoinspeksiya matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Samarqand viloyati Uzenergoinspeksiya boshqarmasi xodimlari nazorat tadbirlarini o‘tkazib, Samarqand tumanida joylashgan kombikorm ishlab chiqarish sexi faoliyatini o‘rgandi. Tekshiruvda sex egasi ishlab chiqarish uchun zarur uskunalarni elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulab olgani fosh bo‘ldi.
Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, energiya ta’minoti korxonasiga yetkazilgan zarar 993 million so‘mni tashkil etdi.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Dastlabki tekshiruv yakuniga ko‘ra, sex egasiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘irlik” moddasi 4-qismi bilan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish xavfi bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.