date

Inoue mutlaq chempionlikni saqlab qoldi: Pikassoga qarshi ishonchli gʻalaba

Inoue mutlaq chempionlikni saqlab qoldi: Pikassoga qarshi ishonchli gʻalaba

27 dekabr kuni soat 01:58 da (Toshkent vaqti bilan) Er-Riyodda professional boks oqshomi yakunlandi. Kechaning markaziy jangida ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ringga ko‘tarildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

12 raund davom etgan bahs yakunida yaponiyalik bokschi meksikalik Alan David Pikasso ustidan ochkolar hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va barcha chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi. Inoue jangda o‘zini xotirjam tutib, masofada aniq ishladi hamda uchrashuv ritmini nazorat qildi.

Pikasso bosimni kuchaytirishga urinib ko‘rdi, biroq jang oqimini o‘zgartira olmadi va faollik borasida raqibidan ortda qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Inouening ustunligini tan oldi: 119:109, 118:110 va 117:111.

Shu tariqa Inoue titul himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazib, diviziondagi mutlaq chempion maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inoue mutlaq chempionlikni saqlab qoldi: Pikassoga qarshi ishonchli gʻalaba