
O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish maqsadida yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyiha asosida voyaga yetmagan shaxslar bilan nikoh uchun jarimalar keskin oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, qarindoshlar, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi. Farzandlikka olingan yoki oʻgay bolalar bu taqiqdan mustasno.
Homiladorlik yoki bola tug‘ilishi holatlarida nikoh yoshini tuman yoki shahar hokimi bir yilgacha kamaytirishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzganlar uchun jazo oshiriladi: 20 million 600 ming so‘mdan 41 million 200 ming so‘mgacha jarima, 240–300 soat majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari. Hozirgi qonunchilikda esa jarima 8 million 240 ming so‘mdan 12 million 360 ming so‘mgacha, majburiy jamoat ishlari esa 240 soatgacha belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.