
2026 yil boshidan Oʻzbekistonda kichik biznes uchun yangi tartib kuchga kiradi: YATTlar va oʻzini oʻzi band qilganlar toʻlov qabul qilishda rasmiy QR-kodga ega boʻlishi shart. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Yangilangan qoidalarga koʻra, naqdsiz hisob-kitob uchun yagona QR-kod majburiy bo‘ladi. U faqat sertifikatlangan raqamli servislar va toʻlov tizimlarining rasmiy platformalari orqali yaratilishi kerak. Bu chora daromadlarni qonuniylashtirish va hisobot topshirishni yengillashtirishga qaratilgan.
Soliq organlari nazorati qat’iylashadi: tekshiruvda ishlaydigan QR-kod bo‘lmasa, bu kassasiz yoki terminalsiz ishlash bilan tenglashtiriladi. Bunday holatda 5 million soʻm miqdorida belgilangan jarima qoʻllanadi.
Qoidani aylanib oʻtmoqchi bo‘lganlarni esa yanada ogʻirroq jazo kutadi: boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan QR-koddan foydalanganlar 20 million soʻm jarimaga tortiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.