date

Oʻzbekistonda yagona ijtimoiy reyestr 2026 yil fevralidan ishga tushadi

Oʻzbekistonda yagona ijtimoiy reyestr 2026 yil fevralidan ishga tushadi

Oʻzbekistonda yagona ijtimoiy reyestr 2026 yil fevral oyining boshidan ishga tushiriladi. Adliya vazirligi bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga tayanib maʼlum qildi. Bu haqda kursiv.uz beradi.

Yangi tizim ijtimoiy himoya reyestri hamda kam taʼminlangan oilalar roʻyxati negizida shakllantiriladi. Reyestr davlat yordami kimlarga berilishi lozimligini aniq belgilash uchun moʻljallangan.

Reyestrga kiritilgan oilalar uch toifaga ajratiladi: birinchi guruhga mehnat qilish imkoniyati boʻlmaganlar, ikkinchisiga ishlashga qodir boʻlsa-da daromadi eng kam darajadan past bo‘lganlar, uchinchisiga esa daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan biroz yuqori — bir baravardan bir yarim baravargacha bo‘lganlar kiritiladi.

Kelgusi yilda Oʻzbekiston ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlashga 220 trln soʻm yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Shuningdek, davlat byudjetidan taʼlim tizimiga 100 trln soʻm, madaniyat sohasiga 4,4 trln soʻm ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda yagona ijtimoiy reyestr 2026 yil fevralidan ishga tushadi