date

O‘zbekiston Airbus dronlarini xarid qiladi


O‘zbekiston Airbus Helicopter bo‘linmasi ishlab chiqargan Flexrotor uchuvchisiz uchish qurilmalarini xarid qiladi. Shartnoma Birlashgan Arab Amirliklarida “Uztechtrade” korxonasi bilan imzolandi.

“Bu shartnoma muhim burilish nuqtasidir, chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Flexrotor dronlarini birinchi xarid qiluvchi davlatga aylanadi”, — deya ta’kidladi Airbus Helicopters vitse-prezidenti Olivye Mishalon. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qancha dron sotib olgani oshkor qilinmagan.

Ushbu qurilmalar razvedka va hudud kuzatuvi uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Flexrotorning asosiy afzalliklari uzoq muddat (14 soatgacha) parvoz qilish qobiliyati, manevrchanligi va kichik maydonchalardan, jumladan, dengiz kemalaridan murakkab uskunalarsiz foydalanish imkoniyatidir.

O‘zbekiston Flexrotor dronlarini vertolyotlar bilan birgalikda murakkab operatsiyalarda qo‘llab, vazifalarni samaraliroq bajarishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston armiyasi safida Eurocopter AS532 va Eurocopter AS550 kabi yevropalik vertolyotlar mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Airbus dronlarini xarid qiladi