Naumov Karbinni Rossiya terma jamoasiga eng mos murabbiy deb biladi

«Lokomotiv»ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karbin faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning aytishicha, u Karbinni inson sifatida ham yuqori baholaydi va terma jamoada murabbiy ishlarining aksariyati joyida ketayotganini ta’kidladi. Uningcha, hozirgi ijobiy muhit va jamoa ichidagi tartib-intizom murabbiylar shtabining mehnati natijasi. Shuningdek, u Rossiya terma jamoasida Karbindan boshqa munosib variantni ko‘rmayotganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA sanksiyalari sabab Rossiya terma jamoasi qariyb to‘rt yildan beri faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. 2025 yilda milliy jamoa hozircha faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi — o‘z muxlislari oldida Chili bilan bahsda 0:2 hisobida yutqazdi.
Avvalroq Karbin Rossiya terma jamoasi bilan birga «Dinamo»dagi ishini ham olib borgan, biroq o‘tgan yil kuzida Moskva klubini tark etishga qaror qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!