Shtutgart Leverkuzen safarida Bayerni tanaffusgacha tor-mor etdi

Germaniya Bundesligasining 16-tur uchrashuvida "Shtutgart" safarda Leverkuzenning "Bayer" jamoasiga qarshi yirik hisobda ustun kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bo'lim yakuniga kelib mehmonlar 4:0 hisobida oldinga chiqib oldi. "Shtutgart" safida Jeymi Leveling dubl qayd etdi, Maksimilian Mittelstedt penaltini aniq amalga oshirdi, yana bir gol muallifi — Deniz Undav.
Mezbonlar uchinchi va to'rtinchi gollarni birinchi taymning so'nggi daqiqalarida, bir daqiqalik oraliqda o'tkazib yubordi.
15 turdan keyin "Bayer" 29 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. "Shtutgart" hisobida 26 ochko bor va jamoa oltinchi pog'onani egallab turibdi. Agar shvablar g'alaba qozonsa, leverkuzenliklar bilan ochkolarini tenglashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!