Liverpul APLdagi ikki yulduz himoyachini kuzatmoqda

«Liverpul» yangi mavsum oldidan himoya chizigini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jeyms Uotlend xabariga ko'ra, mersisaydliklar Angliya chempionatida to'p surayotgan ikki taniqli himoyachiga e'tibor qaratgan. Gap «Tottenhem» vakili Mikki van de Ven hamda «Manchester Siti» futbolchisi Yoshko Gvardiol haqida bormoqda.
Manbaga ko'ra, van de Ven bo'yicha variantni amaldagi Angliya chempionlari ham yozgi transferlar oynasida ko'rib chiqmoqda. Gvardiolning esa «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasiga yana ikki yil qolgan, «Liverpul» esa uning atrofidagi vaziyatni sinchiklab kuzatib bormoqda.
Mikki van de Ven 2023 yil yozida «Volfsburg»dan «Tottenhem»ga 40 million yevro evaziga o'tgan. Joriy mavsumda u 27 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
Yoshko Gvardiol 2023 yilda «Leyptsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Ushbu mavsumda u 23 o'yinda 2 gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!