date

Roma yirik hisobda g‘alaba qozona olmayotgan seriyani davom ettirdi

Roma yirik hisobda g‘alaba qozona olmayotgan seriyani davom ettirdi

Italiya chempionatining 20-turida “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi va raqib darvozasiga ikki bor to‘p kiritdi. Mezbonlar uchinchi golga ham yaqin kelishdi, hatto to‘p tarmoqqa ham yo‘l topdi, biroq ofsayd sababli bekor qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qiziq jihati, “Roma” bu mavsum hali biror bor uch yoki undan ortiq to‘p farqi bilan yirik g‘alabaga erisha olmadi. Rimliklar uchta gol urgan o‘yinlarda ham, odatda, kamida bittadan gol o‘tkazib yuborayotgan bo‘ladi.

“Roma”ning A Seriyadagi so‘nggi yirik g‘alabasi qariyb bir yil avval — 2025 yil 24 fevralda qayd etilgan. O‘sha uchrashuvda Klaudio Raneri boshqaruvidagi jamoa “Montsa” ustidan 4:0 hisobida zafar quchgan edi.

Rim klubi Italiya chempionligini oxirgi bor 2001 yilda qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roma yirik hisobda g‘alaba qozona olmayotgan seriyani davom ettirdi