
O‘zbekistonda o‘limni ro‘yxatga olish jarayoni raqamlashtiriladi. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan boshlab o‘lim haqidagi rasmiy guvohnomalar elektron shaklda rasmiylashtirilib, QR-kod bilan ta’minlanadi.
Ushbu hujjatlar avtomatik ravishda my.gov.uz portalida marhumning turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki farzandlarining shaxsiy kabinetiga yuboriladi va qog‘oz shaklidagi guvohnomalarni to‘liq almashtiradi. 2026 yil 1 iyunga qadar «Dafn bilan bog‘liq xizmatlarning yagona elektron reyestri» moduli, jumladan mobil ilova ishga tushadi.
Ushbu tizim orqali dafn uchun barcha ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida 2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrga qadar qog‘ozda qabriston hisobini yuritish tajriba tariqasida bekor qilinadi va dafn ruxsatnomalari faqat raqamli shaklda beriladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.