date

OTMlarda qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi?

OTMlarda qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi?

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qishki semestr uchun o‘qishni ko‘chirish 20 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, qishki o‘qishni ko‘chirish faqat ikki turdagi uzrli sabablar asosida amalga oshiriladi va faqat shaxsan hujjat topshirish orqali, onlayn emas, oflayn shaklda bo‘ladi.

Quyida ko‘chirish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablar:

- Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa;

- Davlat organi xodimi ish joyini o‘zgartirsa va uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa. Bu holda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiya xati talab etiladi.

Arizalar 20 dekabrdan 20 yanvargacha hududiy ishchi guruhlarga oflayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza qabul qilinmaydi, sayt orqali hujjat to‘ldirish ko‘zda tutilmagan.

Talabalar (yoki ularning yaqin qarindoshlari) shaxsan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va joyida to‘ldiriladi);

- Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma/transkript nusxasi (bittasi yetarli);

- Pasport nusxasi;

- Uzrli sababni tasdiqlovchi hujjatlar.

Qishki o‘qishni ko‘chirish jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul OTMlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, barcha masalalar aynan ushbu guruhlar orqali hal qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » OTMlarda qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi?