date

O‘zbekistonga xorijiy talabalar oqimi 51,5% ga oshdi

O‘zbekistonga xorijiy talabalar oqimi 51,5% ga oshdi
2025 yilning noyabr oyi boshiga kelib O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijlik talabalar soni 33,2 ming kishiga yetdi. Yillik o‘sish ko‘rsatkichi 51,5 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Xorijiy talabalar orasida eng ko‘pi Hindistondan — 14,3 mingdan ortiq, Turkmanistondan — 8,3 ming, Tojikistondan esa 2,3 ming kishi. Shuningdek, O‘zbekistonga uzoq xorijdan ham talabalar kelgan.

Jumladan, Pokistondan 1,6 ming, Xitoydan 1,2 ming, Janubiy Koreyadan 806 nafar talaba. Bundan tashqari, Filippindan 461, AQShdan 429 va Iordaniyadan 175 nafar kishi mamlakatimizga ta’lim olish uchun kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga xorijiy talabalar oqimi 51,5% ga oshdi