date

“Medflora” tibbiyot spirti muomaladan to‘liq chiqarildi

“Medflora” tibbiyot spirti muomaladan to‘liq chiqarildi

O‘zbekistonda “Medflora” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 70 foizli tibbiyot etil spirti sifat me’yorlariga javob bermagani sababli muomaladan chiqarildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi qabul qilgan qarorga asosan, ushbu mahsulotdan foydalanish qat’iy to‘xtatildi. Shuningdek, savdo nuqtalarida mavjud bo‘lgan barcha zaxiralarni zudlik bilan qaytarib olish hamda belgilangan tartibda yo‘q qilish choralari ko‘riladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qaror aholi salomatligini himoya qilish va bozorda sifat talablariga javob bermaydigan mahsulotlar tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Tegishli tashkilotlar tomonidan jarayon qat’iy nazoratga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Medflora” tibbiyot spirti muomaladan to‘liq chiqarildi