date

AQSHdan 44 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

AQSHdan 44 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

AQSH hududida qolish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan 40 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, deportatsiya jarayoni doirasida maxsus charter reys tashkil etilgan bo‘lib, u 21 yanvar kuni amalga oshirilgan. Ushbu reys orqali jami 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan.

Parvoz AQSHning vakolatli davlat idoralari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgani, fuqarolarning xavfsiz, o‘z vaqtida va tartibli ravishda yurtiga qaytishi ta’minlangani ta’kidlanmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi bu tadbirni O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida baholadi. Shuningdek, xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda zarurat tug‘ilganda Vatanga qaytarish ishlari izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSHdan 44 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi