date

AI va shaxsiy ma’lumotlar: qonun katta jarimalarni belgiladi

AI va shaxsiy ma’lumotlar: qonun katta jarimalarni belgiladi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash va tarqatish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga muvofiq, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz internet, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qayta ishlagan yoki tarqatgan shaxslarga nisbatan 20 million 600 ming so‘mdan 41 million 200 ming so‘mgacha jarima solinadi. Shu bilan birga, huquqbuzarlikda qo‘llangan texnik qurilmalar musodara qilinadi.

Qonunchilikda, shuningdek, inson huquq va erkinliklariga daxldor bo‘lgan muhim qarorlar faqat sun’iy intellekt tizimlari chiqargan xulosalarga asoslanib qabul qilinishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Mazkur o‘zgartishlar shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan qonuniy va mas’uliyatli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » AI va shaxsiy ma’lumotlar: qonun katta jarimalarni belgiladi